Ахборотнома - Бирлашган Араб Амирликлари

Бирлашган Араб Амирликларида бўлиш қоида ва шароитлари тоғрисида ахборотлар

Birlashgan Аrab Аmirliklari toʼgʼrisida maʼlumot.

BАА boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar.
— Migratsiya toʼgʼrisidagi Qonuni, 1996 yil №13 son;
— 8/1980 Federal Qonuni (Mehnat toʼgʼrisidagi qonun).

Birlashgan Аrab Аmirliklariga ketish tartibi.
   BАА hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari mustaqil ravishda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, uning hududiy filiallariga yoki xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilgan xolda amalga oshiriladi.

Boʼsh ish oʼrinlari quyidagi veb-sahifalarda:
— https://www.expatnetwork.com
— https://au.oilandgasjobsearch.com
— https://www.naukrigulf.com
— https://www.glassdoor.com

Birlashgan Аrab Аmirliklari hududida ishga joylashishning asosiy talablari.
— Nomzodning yoshi 18 yoshdan kam boʼlmasligi lozim;
— Oʼzbekiston Respublikasi hududidan chiqish taqiqi boʼlmasligi lozim;
— Birlashgan Аrab amirliklari hududida boʼlish va boshqa qonunlarini buzmagan boʼlishi lozim;
— BААda ishlashga ruxsat berilishi uchun barcha horijliklar tibbiy tekshiruvdan oʼtishlari talab qilinadi;
— Ingliz tilini bilishi talab qilinadi;
— Mehnat migranti va ish beruvchi oʼrtasida tuzilgan Mehnat shartnomasi loyihasi.

  • Birlashgan Аrab Аmirliklari hududida ishga joylashishning asosiy tartiblari.
       BААda ishlash uchush tegishli viza turini olish uchun ishlashga taklifnoma (ruxsatnoma) boʼlishi lozim.
    Oʼzbekiston Respublikasi hususiy bandlik agentligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi BААda Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining imkoniyatidan kelib chiqib, kerakli ish turini topish maqsadida BАА rekruting kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi;
  • BАА rekruting kompaniyasi Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi nomiga mehnat shartnomasi loyihasi va ushbu shartnoma shartlarini oʼz ichiga olgan taklifni imzolash uchun Oʼzbekiston Respublikasi hususiy bandlik agentligiga joʼnatadi;
  • Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi shartnoma loyihasi va ushbu shartnoma shartlarini oʼz ichiga olgan taklifni oʼrganib, lozim topsa taklifni imzolaydi va hususiy bandlik agentligi tomonidan imzolangan hujjat BАА rekruting agentligiga ruxsatnoma olish jarayonini boshlash uchun joʼnatiladi;
  • BАА rekruting agentligi kerakli hujjatlar, shartnoma loyihasi va imzolangan taklifni tegishli ruxsatnoma olish uchun BАА Inson resurslari va emiratlashtirish vazirligiga yuboradi;
  • Ruxsatnoma berilgan holatda, fuqaroning shartnoma loyihasi ushbu vazirlik veb-sahifasida eʼlon qilinadi;
  • BАА rekruting kompaniyasi Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosiga kerakli ish turi boʼyicha ish beruvchini topadi va mahalliy ishga yollash boʼyicha organdan ruxsatnoma oladi;
  • Oʼzbekiston Respublikasi hususiy bandlik agentligi BААdan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi nomiga kelgan ishga taklifnomani (ruxsatnomani) BААning Oʼzbekistondagi elchixonasiga viza olish uchun talab etiladigan qoʼshimcha hujjatlar bilan birga taqdim etadi (fuqaroning shaxsan oʼzi taqdim etishi talab qilinishi mumkin);
  • Viza olgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi BАА hududiga yetib kelib, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzadi;
        Tuzilgan mehnat shartnomasiga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi ishchi maqomiga ega boʼladi.
  • Maʼlumot uchun:
    — Har bir mehnat migrantiga BАА tomonidan shaxsni tasdiqlovchi elektron mehnat kartasi taqdim etiladi. Bu hujjat bir vaqtning oʼzida ishga ruxsatnoma hamda mehnat daftarchasi vazifasini oʼtaydi. Bu hujjat har 6 oyda mahalliy politsiya tomonidan yangilanib borilishi kerak;
    — Nomzod BААga kelgan kundan boshlab, 60 kun vaqt ichida yashash kartasi (resident card) ni rasmiylashtirishi kerak va bu hujjat 3 yil muddatga berilib, ushbu muddat tugashi bilan yana 3 yilga ish beruvchi tomonidan uzaytirilishi mumkin. Yashash kartasi BААda yashash va ishlash, hamda mulk sotib olish, bank hisob raqami ochish va oʼz oila aʼzolari va yaqinlarini BААga taklif qilish huquqini beradi.